O‘zbekiston | 22:33 / 30.03.2017
105922
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma'lum qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida respublikada 4 ta akademik litsey tugatiladi, 54 tasi esa kasb-hunar kollejiga aylantiriladi.

Tugatilayotgan litseylar ro‘yxati ma'lum qilindi.

Aynan qaysi Akademik litseylarning faoliyati tugatilayotganligi ma'lum qilindi. Bular:
1.Andijon tibbiyot instituti qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 547)
2.Samarqand davlat arxitektura-qurilish institut qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 173);
3.Samarqand qishloq xo‘jalik instituti qoshidagi 2-sonli Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 300);
4.Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti qoshidagi Akademik litsey (o‘quvchilar soni - 307).

Qarorga ko‘ra, ushbu akademik litseylarning 1-bosqichlariga o‘quvchilarni qabul qilish 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab to‘xtatiladi. Ya'ni yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan o‘quv dargohlariga 9-sinf bitiruvchilari o‘qishga qabul qilinmaydi. Qolgan o‘quvchilar o‘z o‘qishlarini oxirigacha davom ettirishadi. 

Litseylardagi o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilar soni cheklanadi

Prezident Qarori Akademik litseylarda o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish maqsadida qabul qilingan.

Litsey bitiruvchilariga sertifikatlar topshiriladi

Mavzuga oid