Sport | 22:14 / 02.04.2017
9235
2 daqiqa o‘qiladi

APL. Turning markaziy uchrashuvida jangovar durang qayd etildi

Angliya premer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi va uchrashuv nomiga yarasha jangovor ruhda kechdi.

Uchrashuvning beshinchi daqiqasidayoq mehmonlar vingeri Leroy Sane jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi qismida Teo Uolkott hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Aguero tezda jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqqandi. Ikkinchi bo‘limda Shkodran Mustafi tomonidan kiritilgan gol o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi — 2:2.

Ushbu durangdan keyin «Manchester Siti» hisobidagi ochkolar soni 58taga yetdi va jamoa «Liverpul»dan bitta uchrashuv kam o‘tkazgan holda 4-o‘rinda bormoqda. «Arsenal» hisobida esa 51 ochko bor va jamoa 6-o‘rinda qolgan.

Turning yana bir uchrashuvida Ligada qolish uchun kurash olib borayotgan «Suonsi» va «Midlsbro» jamoalari to‘qnash kelishdi va uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi.

APL, 30-tur

Angliya premer-ligasi, 30-tur

Arsenal – Manchester Siti 2:2 (1:2)
Gollar:
Uolkott (40), Mustafi (53) – Sane (5), Aguero (42).
Arsenal: Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni (Gabriel, 46), Ozil, Koklen, Uolkott (Jiru, 68), Chaka, Sanches, Uelbek (Ivobi, 77).
Manchester Siti: Kabalero, Otamendi, Stounz, Klishi, Navas, Silva (Sabaleta, 89), Fernandino, Sane, de Bryuyne, Sterling (Ture, 46), Aguero.
Ogohlantirishlar: Navas (8), Koklen (15), Chaka (32), Fernandino (47), Mustafi (61).

Suonsi – Midlsbro 0:0
Suonsi:
Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll, Kork, Sigurdsson, Fer, Narsinx, Ayyu.
Midlsbro: Valdes, Espinosa, Fabio (Forshou, 65), Barragan, Gibson, de Ron, Kleyton, Dauning, Traore, Ramires (Jyested, 39), Negredo.
Ogohlantirishlar: Fer (16), Fabio (23), Mouson (58), Negredo (69), Jyested (79).

Mavzuga oid