Fan-texnika | 09:24 / 07.04.2017
5667
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai va Kia 170 mingdan ortiq mashinasini qaytarib olmoqda

Janubiy Koreyaning Hyundai Motor va Kia Motors avtomobilsozlik kompaniyalari respublikada 170 mingdan ortiq mashinlarini qaytarib olishi haqida e'lon qildi. Bu transport vositalari dvigatellaridagi ehtimoliy nosozliklarga barham berish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ikki kompaniya va davlat hududlari, infratuzilmalari va transport vazirligining qo‘shma bayonotida shu haqda so‘z boradi. 

Muammolar Theta 2 turbo va benzinli 2.4 GDI dvigatellariga tegishli, ular 2013 yil avgustiga qadar Hyundai Grandeur, Sonata, Kia K7 va K5 modellari hamda Sportage yo‘ltanlamasiga o‘rnatilgan. Mazkur modellarning kuch agregatlari tirsakli val va podshipniklardagi nuqson sabab harakatlanish vaqtida ishdan chiqishi mumkin. Shu bilan haydovchi v yo‘lovchilar hayoti xavf ostida qoladi. 

Chaqirib olinayotgan mashinalar dvigatellarida nuqson aniqlansa, ularning motorlari bepul almashtirib beriladi. Xabar qilinishicha, kompaniyalar ayni vaqtda AQSh hukumati bilan ham avvalroq ushbu mamlakatda yetkazib berilgan 1,3 mln dona avtomobillarni qaytarib olish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda. 

Mavzuga oid