Tramp matbuot kotibi prezident samolyoti bortida yiqilib tushishiga bir baxya qoldi
AQSh prezidenti matbuot kotibi Shon Spayser prezident layneri bortida jurnalistlar uchun brifing vaqtida girdobli harakat tufayli muvozanatini yo‘qotib, qahvani to‘kib yubordi va yiqilib tushishiga bir baxya qoldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Politico nashri jurnalisti Josh Dousining qayd etishicha, Spayser yetti soniyaga muvozanatini yo‘qotgan, samolyotdagi brifing esa 15 soniyaga to‘xtab qolgan.
"Spayser matbuot bilan muloqot vaqtida sakkiz soniyaga muvozanatni yo‘qotdi, sababi samolyot kuchli girdobli harakat ta'siriga tushib qoldi. Uning qahvasi uchib ketib, devorga borib urildi. Bu matbuot bilan muloqotni 15 soniyaga to‘xtatib qo‘ydi. U (Spayser) oxir-oqibat devorni ushlagan holda o‘z muvozanatini tikladi", - deya yozdi Dousi.
Ma'lumot uchun, Trampning samolyoti Vashingtondan Floridaga yo‘l olayotgandi, u yerda AQSh prezidenti XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashdi.
Mavzuga oid
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024
Aviatsiya tarixidagi g‘alati halokat: uchuvchi nega samolyotni tog‘ga olib borib urgandi?
20:47 / 21.09.2024