Toshkentda YTH: “Matiz” shlakobloklar ostida qolib ketdi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “MAKRO” savdo markazi yonida shlakoblok (g‘ishtsimon qurilish materiali) bilan to‘ldirilgan “ZiL” yuk mashinasi to‘ntarilib ketdi. Hodisa haqida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhlarda xabar qoldirilgan.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, to‘ntarilib ketgan yuk mashinasidagi shlakobloklar piyodalar o‘tish yo‘lagida to‘xtab turgan “Matiz” avtomobilini ustiga tushgan. YTH oqibatida avtomobillar jiddiy zarar ko‘rdi, baxtli tasodif tufayli odamlardan hech kim jarohat olmadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir necha kun muqaddam Sergeli tumanida yana bir jiddiy YTH yuz bergandi. “Isuzu” yo‘nalishli avtobusi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga borib urilgan. Natijada 9 kishi jarohat olib, kasalxonaga yetkazilgandi.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024