Azimovning akasi Qirg‘izistondan Rossiyaga deportatsiya qilindi
Peterburg metrosida sodir etilgan teraktning ehtimoliy tashkilotchisi Abror Azimovning katta akasi Akrom Rossiyaga bu jinoyatni amalga oshirishda gumonlanuvchi sifatida deportatsiya qilindi. Bu haqda "Interfaks" vaziyatdan boxabar manbaga asosan xabar berdi.
"Akrom Azimov O‘sh shahrida qo‘lga olindi va Rossiyaga deportatsiya qilindi", - deya aytib o‘tdi manba. Uning ta'kidlashicha, Akrom “Sankt-Peterburg metrosidagi teraktga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda”.
Avvalroq gumonlanuvchilarning ukasi Bilol Azimov "Interfaks"ga Akrom Azimov Qirg‘izistondan Rossiyaga deportatsiya qilinganini xabar qildi. "Akromni O‘sh aeroportidan Moskvaga olib ketishdi. Uni O‘shda qo‘lga olishdi va Rossiyaga deportatsiya qilishdi, sababi u RF fuqarosi", - deya ma'lum qildi Azimov.
"O‘shda Akrom jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilishi kerak edi, uning boshida o‘simta bor", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. Shuningdek, uning qayd etishicha, aka-ukalarning otasi o‘g‘illariga advokat yollamoqchi va huquq himoyachilariga murojaat qilish niyatida. "Biz ularning aybdorligiga ishonmaymiz, ularning terakt tashkilotchiligiga aloqasi yo‘q", - deya aytib o‘tdi Azimov.
Shu bilan birga, Azimovlarning qo‘shnilari ular an'anaviy diniy qarashlarga ega bo‘lgani va hech qachon radikal bo‘lishmaganini aytib o‘tishgan.
Avvalroq Azimovlarning qarindoshlari 15 aprel kuni kasalxonada bo‘lgan Akrom Azimovning yoniga Qirg‘iziston milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi xodimlari kelishgani va uni so‘roqqa olib ketishgani, shundan so‘ng oilasidan hech kim uni ko‘rmaganini xabar qilishdi. Agentlikning Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralaridagi manbasining tasdiqlashicha, Akrom so‘roqqa chaqirilgan, biroq u keyinchalik qo‘yib yuborilgan.
3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy institut» bekatlari oralig‘ida portlash ro‘y berdi. «Ploshchad Vosstaniya» bekatida ham portlovchi qurilma topildi va zararsizlantirildi. Terakt oqibatida 15 kishi halok bo‘lib, 49 kishi jarohatlandi. Tergov qo‘mitasi ushbu terakt kelib chiqishiga ko‘ra qirg‘izistonlik bo‘lgan 22 yoshli Akbarjon Jalilov tomonidan sodir etilganini e'lon qildi.
Mavzuga oid
09:15
«Oboronlogistika»: Ursa Major terakt tufayli cho‘kib ketdi
13:27 / 25.12.2024
Magdeburgdagi fojia: hujum qilgan shaxs mashinasida vasiyatnoma topildi
17:05 / 24.12.2024
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:17 / 23.12.2024