Light | 22:46 / 20.04.2017
33999
4 daqiqa o‘qiladi

Kitoblar olamiga sayohat: dunyodagi eng zamonaviy kutubxonalar

Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada o‘qish — bu, albatta, ideal uyg‘unlik. 2017 yilda AIA / ALA Library Building Awards tanlovida odamni lol qoldiruvchi 8 kutubxona g‘olib bo‘ldi.

Amerika arxitektura instituti (AIA) va Amerika kutubxona assotsiatsiyasi (ALA) bilan birgalikda kutubxonalarning eng yaxshi arxitektura loyihalarini tanlab oldi. Bino dunyoning istalgan burchagida bo‘lishi mumkin, biroq arxitektor Amerikaning litsenziyasiga ega bo‘lishi kerak. 

Boston jamoat kutubxonasi, Markaziy kutubxonaning ta'mirlash loyihasi

Boston jamoat kutubxonasining markaziy filialini ikki yilda qaytadan tashkil etishdi. Bino 1895 yilda qurilgan toshli bunkerdan iborat yangi qanotga ega bo‘ldi. Endilikda nurli xona yangi maydonga eshik ochadi. 

 Kolambus Metropolitan kutubxonasi, Uaytxoll filiali

Kutubxona Ohayoda, markaziy Kolambus tumanining chekkasida joylashgan. Bu nafaqat bilimlar ibodatxonasi, balki ijtimoiy hayot markazi hamdir. Bino ichida katta yorug‘ maydon bo‘lib, javon to‘la kitoblar joylashgan. Shuningdek, bolalar va o‘smirlar hududi, ochiq kompyuterlar va sokin xonalar mavjud.  

Boston jamoat kutubxonasi, sharqiy filial 

Sharqiy Bostonning yangi kutubxonasida kattalar, o‘smirlar va bolalar uchun hududlarga bo‘lingan bitta maydon ajratilgan. Ustunlarsiz qurilgan to‘lqinsimon tom qismi o‘qish zalida quyosh nuri oqimini cheklab turadi. 

Latviya milliy kutubxonasi

Yangi kutubxona maydoni — 182 ming. m². Uning vazifasi mamlakatning madaniy merosini saqlab, himoya qilib, ommaga taqdim etish hisoblanadi. Bu yerda arxivlarni raqamlashtirishga so‘nggi texnologiyalar javob beradi, bino esa Riganing eng chiroyli qadamjosiga aylangan. 

Nyu-York jamoat kutubxonasi, Stepltondagi filial, ta'mirlash va kengaytirish


Dastavval bir xonadan iborat bo‘lgan Stepltondagi kutubxonani kengaytirish shahar hayotini yaxshilash uchun qo‘yilgan qadamlardan biri bo‘ldi. Bino yog‘ochdan qurilgan bo‘lib, unda eski va yangi xonalar birlashgan. 

Roza F. Keller kutubxonasi va jamoat markazi, Yangi Orlean 

Kutubxona Nyu-Orleanda, Brodmur tumanida joylashgan. Uni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - Katrina to‘fonidan so‘ng qayta tiklanishning ramzini aks ettirishdir. Shaharning sobiq meri bu yerda yashil hududni qoldirishni rejalashtirgan edi, biroq aholi avvalgi kutubxonani qayta qurishni talab qildi. 

Oregon universitetining Allan Prays ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonasi, qayta qurish/kengaytirish 

Mazkur kututbxonani loyihalashtirish ishlarida oliygoh talabalari ishtirok etishgan. Xonaga tabiiy yorug‘likni kamroq tushirish maqsadida bino yer ostida joylashgan. Bosma mahsulotlar bilan band maydon qisqargan  — endilikda kutubxonada talabalar hayotini qo‘llab-quvvatlash eng ustuvor maqsad etib belgilangan.

Varinadagi kutubxona, Virjiniya 

Kutubxona avval turar-joy bo‘lgan hududda joylashgan bo‘lib, birinchi navbatda, mahalliy hamjamiyatning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilgan. Loyiha mualliflari bino atrofidagi hududga teginmaslikka va derazalardan atrof yaxshi ko‘rinishiga harakat qilishgan.   

Mavzuga oid