Jamiyat | 20:00 / 20.04.2017
4788
2 daqiqa o‘qiladi

OTM bitiruvchilarining 80 foizga yaqini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat olib bormoqda

Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma'naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo‘ladi, ro‘yobga chiqadi. 

20 aprel kuni Milliy matbuot anjumanida mustaqillik yillarida sohani rivojlantirish, yoshlarimizning munosib ta'lim tarbiya olishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta'lim tizimiga oid qator farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 60 dan ortiq qaror va farmoyishlari, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan me'yoriy-uslubiy hujjatlar qabul qilingani qayd etildi. 

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining izchil tartibdagi puxta o‘ylangan amaliyoti ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlashdan iborat strategik maqsadga erishish uchun nazariy asos bo‘ldi va zamin yaratdi. 

Hozirgi paytda oliy ta'lim muassasalarida tegishli vazirlik va idoralar, potensial ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalar ishtirokida bitiruvchilar (mehnat) yarmarkalari tashkil etilmoqda. Jumladan, 2015-2016 o‘quv yilida respublika oliy ta'lim muassasalarini jami 62 274 nafar yosh mutaxassis bitirib chiqdi. Respublika iqtisodiyot sohalari va tarmoqlariga ishga joylashganlar - bandligi ta'minlanganlar 60 974 nafarni, ya'ni 98 foizni tashkil qildi. 

Shuningdek tadbirda oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining 70-80 foizi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat olib borayotgani ta'kidlandi.

Mavzuga oid