Toshkentdan Nyu-Yorkka ilk to‘g‘ri reys amalga oshirilishiga oz fursat qoldi
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi o‘z tarixida birinchi marta Boeing 787 Dreamliner samolyotida Toshkentdan Nyu-Yorkka to‘g‘ri, qo‘nishsiz parvozni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
18 may kuni "Orzu layneri"ning Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"Drimlayner"da Toshkentdan Nyu-Yorkkacha parvoz vaqti 12 soatni, Nyu-Yorkdan Toshkentgacha esa 11 soatni tashkil qiladi. Shu bilan birga aviakompaniya AQShga Riga orqali reyslarini bir haftada bir marta amalga oshirishni davom ettiraveradi.
Ta'kidlanishicha, Boeing 787 Dreamliner’ning Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida qo‘llanishi yo‘lovchilarga Rigaga avvalgidan 20-30 daqiqa, Nyu-Yorkka esa 1 soat vaqtliroq yetib olishlariga imkon beradi.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida bronlash va xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024