O‘zbekiston | 18:54 / 27.04.2017
39560
1 daqiqa o‘qiladi
Olmazor tumani prokuraturasi va IIBga rahbarlar tayinlandi
Toshkent shahri Olmazor tumani IIB va prokuraturasiga rahbarlar tayinlandi.
Tuman ichki ishlar boshqarmasiga polkovnik Mullajonov Abdumajid Fayzullayevich tayinlangan. U bundan avval, Toshkent shahar Bektemir va Mirobod tumani ichki ishlar bo‘limlari, Toshkent viloyati IIBga rahbarlik qilgan. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.
Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Fatxulla Abduraximovning ma'lum qilishicha, Olmazor tumani prokuraturasiga Tohir Azamatov rahbar sifatida tanishtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Davlat rahbarining Olmazor tumaniga uyushtirgan amaliy safari chog‘ida tuman rahbariyati to‘rtligi vazifasidan ozod etilgan edi.
Mavzuga oid
12:20
“Tezligim 80 da edi” – 19 yoshli qizni urib yuborgan haydovchi qamoqqa olindi
22:30 / 27.09.2024
“Uy-joy bozori haliyam yovvoyi holatda” – ekspertlar bilan katta suhbat
19:10 / 27.09.2024
Toshkentda erkak shifokor muolaja paytida ayol mijozini o‘pib olgani uchun jazolandi
16:27 / 27.09.2024