Toshkent markazida sport marafoni tufayli katta tirbandliklar yuzaga keldi (foto)
Bugun Toshkentning markaziy qismida katta tirbandliklar yuzaga keldi. Bu O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan tashkillashtirilgan "Salomatlik sari" respublika ommaviy yugurish tadbiri bilan bog‘liq. U bugun ertalab soat 8.00da Mirobod tumanidagi Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasidan boshlandi.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, yugurish tadbiri Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko‘chalari bo‘ylab Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrigacha bo‘lgan masofada o‘tkazildi va Toshkent univermagi oldida o‘z yakuniga yetadi.
Ko‘pchilik haydovchilar bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi hamda ularning aksariyati hazil kayfiyatida bo‘lgan.
"Zombilar kelmoqda. Eshiklarni berkitib, aloqada bo‘lib turing. Shahardagi vaziyatdan xabardor qilib turamiz", - deb yozgan ulardan biri.
"Konvertatsiya ochilibdi, hamma pul almashtirgani yuguryapti", — degan boshqa biri.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024