Afg‘oniston prezidenti Pokistonga borishdan bosh tortdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani chorshanba kuni Pokistonga tashrif bilan borish bo‘yicha taklifni rad etdi.
"Men Islomobod bizga Mozori-Sharif, Kobul Amerika universiteti va Kandahordagi teraktlar ijrochilarini topshirmaguniga qadar Pokistonga bormayman", - deya G‘anining so‘zlarini keltiradi Afg‘onistonning Geo News telekanali. Afg‘oniston rahbari Kobulda Pokiston delegatsiyalaridan biri bilan uchrashuv davomida ulardan “uning hududida bor bo‘lgan “Tolibon” harakati jangarilariga qarshi aniq chora-tadbirlar”ni talab qilgan.
Pokiston rahbariyati va harbiy qo‘mondonligi bu borada hech qanday izoh bermadi. O‘z navbatida, Islomobod Afg‘onistonni mamlakatda yuz bergan so‘nggi yirik terrorchilik hujumlariga aynan uning hududida tayyorgarlik ko‘rilgani va amalga oshirilganligida ayblamoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
21:27 / 03.10.2024
“Tolibon” Vahan koridorini ochmoqchi. Bu qanchalik real?
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024