Alisher Usmonovdan yangi videomurojaat: “Tuf senga yana bir marta”
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yangi videomurojaatini e'lon qildi. Unda Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyni Mixail Bulgakovning «It yurak» asari qahramoni Poligraf Sharikov bilan taqqoslagan.
«Mana sen, Aleksey Poligrafovich, munosib davomchiga aylanmoqdasan. Biroq, agarda Sharikov kitobda shunchaki tentak va savodsiz odam bo‘lsa, sen undan ham uzoqroqqa qarab ketayapsan. Sen nafaqat safsataboz, balki juda ham badiiy yolg‘onchisan», - dedi tadbirkor.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, muxolifatchidan debatlarga taklifni emas, balki uzr so‘rashini kutgandi.
«Bizning debatlar sudda bo‘ladi, Aleksey Poligrafovich Navalniy. Tuf senga yana bir marta», - dedi u.
Bundan tashqari, Usmonov o‘zining ilk videomurojaati haqida o‘z fikrini, jumladan, «juda yomon» bo‘lsa ham, bildirgan barchaga minnatdorlik izhor qildi.
Avvalroq Alisher Usmonovning birinchi videomurojaati hamda unga Navalniy qaytargan javobi haqida maqolalar taqdim etilgandi.
Mavzuga oid
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
22:30 / 22.08.2024
Alisher Usmonov rossiyaliklarga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar teskari samara berganini aytdi
19:40 / 17.06.2024
Alisher Usmonov UBS Europe bankini sudga berdi
22:52 / 11.06.2024