Sport | 00:49 / 24.05.2017
23128
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» «yangi Neymar» bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi

«Real» Braziliyaning «Flamengo» klubi Vinisius Juniorni qo‘lga kiritgani haqida rasmiy bayonot berdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Tomonlar futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, futbolchining transfer huquqi 2018 yilning yozidan boshlab «Real»ga o‘tadi. Junior «Flamengo» safida 2019 yilga qadar to‘p suradi. Agar tomonlar kelisha olsa, «Real» futbolchini muddatdan oldin qo‘lga kiritishi mumkin bo‘ladi.

Ispaniya qonunchiligi 18 yoshga to‘lmagan futbolchilar bilan shartnoma tuzishga yo‘l qo‘ymaydi. Shu boisdan ham uning transferi yaqin transferlar oynasi vaqtida amalga oshishi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 16 yoshli futbolchining transferi madridliklarga 45 million yevroga tushgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid