O‘zbekiston | 09:31 / 31.05.2017
12470
1 daqiqa o‘qiladi

Yirik qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Foto: 2do2go

«Shokoladnitsa» qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Shokoladnitsa»ning mintaqaviy rivojlanish va franchayzing bo‘yicha direktori Maksim Trubnikov RNS’ga xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, tarmoq O‘zbekiston bozoriga franshiza orqali chiqish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ta'kidlash joizki, «Shokoladnitsa» qahvaxonalar tarmog‘i «Shokoladnitsa», «Kofe Xauz» va «Vabi-Sabi» tarmoqlarini boshqaradi.

Uning qayd etishicha, kompaniya Gruziya va O‘zbekiston bilan ishlamoqda, brendni Qozog‘istonda ochish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Maksim Trubnikovning aytishicha, kompaniya O‘zbekistonda kamida beshta «Shokoladnitsa»ni ochishni rejalashtirgan.

«O‘ylashimcha, yaqin oylar ichida biz kelishuvlarni imzolaymiz», - dedi u.

Mavzuga oid