Light | 22:08 / 13.11.2019
8137
1 daqiqa o‘qiladi

Starbucks 5 qavatli qahvaxona ochishni rejalashtirmoqda 

AQShning Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i AQShda eng katta qahvaxonasini ochadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Kevin Jonsonga tayanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. U qahvaxona va do‘kondan iborat bo‘lib, Chikagoning nufuzli savdo tumanlaridan biridagi 5 qavatli binoni egallaydi. 

Ushbu qahvaxona Starbucks’ning 6-yirik qahvaxonasi bo‘ladi, kompaniyaning  qolgan 5 ta yirik qahvaxonasi Sietl, Shanxay, Milan, Nyu-York va Tokioda joylashgan. 

Chikagodagi qahvaxona 15 noyabrdan ishlay boshlaydi. Bu qahvaxona kompaniyaning nafaqat maydoni bo‘yicha eng katta qahvaxonasi, balki turli qahva navlaridan qahva ichimligi tayyorlanishi namoyish qilinadigan o‘ziga xos teatr bo‘ladi. Tashrif buyuruvchilar bu yerda qahva donlari qovurilishidan tortib ichimlikning turli usullar bilan tayyorlanishigacha bo‘lgan jarayonga guvoh bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Qahvaxonada 200 ga yaqin xodim faoliyat olib boradi.

Ma'lumot uchun, Starbucks kompaniyasi 1971 yilda tashkil etilgan. 

Mavzuga oid