O‘zbek-tojik davlat chegarasining o‘tish chizig‘iga oid masalalar muhokama qilindi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uch kunlik uchrashuvi yakunlandi. Unda tojik-o‘zbek davlat chegarasining delimitatsiya va demarkatsiya masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda o‘zbek-tojik davlat chegarasining qolgan qismlaridagi o‘tish chizig‘iga oid tegishli masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida bayonnoma imzolandi, deb xabar berdi “Aziya Plyus” Tojikiston tashqi siyosat idorasi axborot departamentiga asosan.
Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasiga alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Ilhom Ne'matov, Tojikiston delegatsiyasiga esa TIV rahbari o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdod boshchilik qildi.
Shu bilan birga, “AP”ning hukumat doiralaridagi manbalarga asosan xabar berishicha, O‘zbekiston va Tojikiston joriy yil oxiriga qadar ikki davlat chegarasidagi bahsli qismlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar borasida to‘liq kelishib olishlari, hamda tegishli xalqaro kelishuvni imzolashlari mumkin.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasining asosiy o‘tish liniyasi kelishib olingan va ikki davlatning o‘zbek-tojik Davlat chegarasi to‘g‘risidagi 2002 yildagi Bitim bilan mustahkamlangan. U har ikki mamlakat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Bugungi kunda ikki davlat mamlakatning 60 kilometrlik chegarasi muvofiqlashtirilmagan.
Mavzuga oid
21:17 / 30.09.2024
Italiya va Shveytsariya muzliklar erishi tufayli chegaralarini o‘zgartirdi
21:48 / 28.09.2024
YeI davlatlari chegaralarda yangi biometrik tizimning joriy etilishiga tayyor emas - FT
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
14:00 / 27.09.2024