«Terek»ka Ramzan Qodirovning otasi nomi berildi
Rossiyaning «Terek» klubi qayta nomlandi. Klub bosh direktori Axmed Aydamirovning so‘zlariga ko‘ra, klub kengashi klubga «Axmat» nomini berishga qaror qilgan.
«Terek» rostdan ham «Axmat» deya qayta nomlandi. Klub kengashi shunday qaror qabul qildi. Respublika rahbaridan ushbu qarorni tasdiqlash iltimos qilingan maktub yo‘llangan. Hujjatlar Adliya vazirligi va RFPLga ham yo‘llangan. Chempionat boshlanguniga qadar jarayonni yakunlashga umid qilamiz», — degan Aydamirov.
RFPLning yakunlangan mavsumida «Terek» turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi va yevrokuboklardan chetda qoldi.
Qayd etish kerakki, Chechenistonning birinchi prezidenti, hozirgi prezident Ramzan Qodirovning otasi Axmat Qodirov nomi respublikadagi sport inshootlari va klublarga berilgan. Xususan, «Terek»ning uy o‘yinlari o‘tkaziladigan arena ham uning nomi bilan atalgan.
Mavzuga oid
11:41 / 11.11.2024
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
09:50 / 31.10.2024
Qodirov: Chechenistondagi dron hujumi oqibatida ukrainalik asirlar halok bo‘ldi
22:32 / 29.10.2024
Chechenistonda maxsus kuchlar universitetiga dron hujum qildi. Ramzan Qodirov qasos olishga va’da berdi
14:30 / 22.10.2024