Nazarboyev Qozog‘istonning asosiy iqtisodiy sherigi qaysi davlat ekanini aytdi
Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilishicha, Xitoy Qozog‘istonning asosiy iqtisodiy sherigiga aylandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Xitoy iqtisodiyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar hajmi, berilgan kreditlar va qo‘shma korxonalar bo‘yicha Qozog‘istonning asosiy sherigiga aylandi. Biz energetik hamkorlik masalalarini hal etdik – Qozog‘istonda qazib olinuvchi neftning 25 foizi Xitoy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Hozirda ular shartnomalarni uzaytirish haqida masalani qo‘yishdi, biz bunga jiddiy qaraymiz, sababi ular qo‘shma ishlar bo‘yicha bizning yaxshi sheriklarimiz», - dedi Nazarboyev.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Ostona va Pekinda «namunali davlatlararo munosabatlar» shakllandi.
Mavzuga oid
14:28 / 02.10.2024
Islohotlarni hayotga tatbiq etish uchun prezidentga 7 yil muddat yetarli - To‘qayev
22:02 / 01.10.2024
Qozog‘iston Xitoyga gaz yetkazib berishni ko‘paytirish uchun yana bir gaz quvuri qurmoqchi
12:50 / 30.09.2024
Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi
22:16 / 27.09.2024