Germaniya: Qatar bilan bog‘liq vaziyat urushga aylanib ketishi mumkin
Qatarning Saudiya Arabistoni va uning ittifoqdoshlari tomondan yakkalatilishi Fors ko‘rfazidagi yangi urushga olib kelishi mumkin. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel aytib o‘tdi.
"Bu ixtilof urushga aylanib ketishi xavfi bor", deb aytgan Gabriel.
Gabrielning aytishicha, u oxirgi hafta ichida Saudiya Arabistoni, Qatar va Turkiya tashqi ishlar vazirlari bilan shaxsan uchrashgan hamda eronlik va kuvaytlik hamkasblari bilan telefon orqali muloqot qilgan.
"Men bu haftada o‘tkazgan bu maslahatlashuvlardan keyin vaziyat qanchalik jiddiy ekanligini angladim", deb aytgan vazir.
Uning fikricha, vaziyatning salbiy avj olishidan qochishning yaxshi imkoni bor, biroq buning uchun yechimni muzokaralar yo‘li bilan qidirish lozim.
Avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Fors ko‘rfazi davlatlari, Eron va Turkiya Qatar bilan yuzaga kelgan ixtilofni hal qilishlari kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
09:30 / 27.08.2024
Polsha gibrid urush holati haqida ma’lum qildi
21:35 / 12.08.2024