Neft bo‘yicha anjumanda saudiyaliklar va qatarliklar o‘rtasida chiqqan mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi
Kuvaytda o‘tgan neft sohasi ishchilari ittifoqi anjumanida Qatar va Saudiya Arabistoni delegatsiyalari o‘rtasida chiqqan ommaviy mushtlashuv videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda Islam News nashri xabar bermoqda.
Ushbu mushtlashuv tasvirlangan videoni tvitterda iroqlik siyosatchi Volid al-Azzaviy joylashtirdi. Uning aytishicha, ushbu voqea 20 mart kuni anjuman vaqtida yuz bergan. Saudiyaliklar qatarlik hamkasblarini haqorat qila boshlashgan. Jumladan, saudiyaliklardan biri qatarliklarni "Mo‘za tekintomoqlari" deb atagan. Ta'kidlanishicha, Mo‘za bint Nasir al-Misnad Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning onasi bo‘lib, Qatarda juda hurmat qilinadi.
Oxir-oqibat qatarliklarning sabri tugab, ular saudiyaliklar bilan mushtlashib ketishgan.
Mavzuga oid
12:40 / 27.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar forumi o‘tkazilishi mumkin
23:45 / 26.09.2024
Saudiya Arabistoni neft qazib chiqarishni oshirib, Rossiya budjetiga zarba berishga tayyorlanmoqda
13:38 / 24.09.2024
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
10:40 / 13.09.2024