"Biz ularga ishonmaymiz": BAA G‘arbga Qatar nazoratini tashkil qilish taklifini berdi
Birlashgan Arab Amirligi G‘arb mamlakatlariga Qatarning xatti-harakatlari ustidan nazorat o‘rnatish mexanizmini yaratishni taklif qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad - mamlakatni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashiga chek qo‘yish. The Guardian BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Gargashning so‘zlariga asoslanib, shu haqda xabar berdi.
Nashr versiyasiga ko‘ra, Gargash Qatar arab mamlakatlari tomonidan e'lon qilingan embargoni diplomatik qo‘llab-quvvatlashni tashkillashtirish uchun Londonga kelgan.
BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash. Foto: AP
"Gap munosabatni o‘zgartirish haqida bormoqda", - deya izoh berdi vazir. "Agar biz Qatarning o‘zgarish niyati borligi, u jangarilarni moliyalashtirishni to‘xtatishiga doir aniq strategik signallarni olsak, bu muhokama uchun asos bo‘ladi, biroq bizga monitoring tizimi kerak", - dedi Gargash.
"Biz ularga ishonmaymiz. Bizga monitoring tizimi va unda ishtirok etish uchun g‘arbiy do‘stlarimiz kerak", - qo‘shimcha qildi vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, monitoring Qatar ekstremistlarni moliyalashtirmayotgani, ularni Dohada yashirmayotgani, "Musulmon birodarlar", "Xamas" va "Al-Qoida"ni qo‘llab-quvvatlamayotganini kafolatlashi kerak.
Mavzuga oid
09:12 / 28.09.2024
O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin
17:49 / 27.09.2024
Saida Mirziyoyeva BAA bosh vaziri o‘rinbosari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
10:50 / 23.09.2024
BAA O‘zbekistonda DXSh loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda
10:40 / 13.09.2024