GFR TIV rahbari: Obamaning Rossiyani kamsitishga urinishi katta xato bo‘lgan
GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Vashington Moskva bilan munosabatlarini qaytadan yo‘lga qo‘yish imkonini topishiga umid bildirdi. U Welt am Sonntag'ga bergan intervyusida shu mavzuga to‘xtaldi.
"AQShning yangi ma'muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yangidan boshlash yo‘lini topsa, yaxshi bo‘lardi", - dedi Germaniya TIV rahbari.
Gabrielning so‘zlariga ko‘ra, Suriya, Liviya, Ukraina va sayyoraning boshqa nuqtalaridagi mojarolarni ruslarning ishtirokisiz uddalab bo‘lmaydi.
Shuningdek Germaniya vaziri Barak Obamaning Rossiyani kamsitishga urinishi katta xato bo‘lganini ta'kidlagan. "Men, avvalgidek, Vashington bu xatosini to‘g‘irlashiga umid qilib qolaman", - dedi GFR tashqi siyosiy idorasi rahbari.
Shu bilan birga Gabriel hozir go‘yoki Vashington va Moskva bir-biridan yuz o‘girayotgandek tasavvur paydo bo‘layotganini qayd etdi.
Mavzuga oid
21:46 / 23.09.2024
Rossiya urush boshlangandan beri 2 mln yosh ishchisidan ayrildi
21:41 / 23.09.2024
Eron prezidenti: Biz Rossiyaning Ukrainaga tajovuzini hech qachon ma’qullamaganmiz
13:50 / 23.09.2024
Latviya Rossiyaning transponderlari o‘chiq qiruvchilari haqida xabar berdi
13:10 / 23.09.2024