Jahon | 15:18 / 30.06.2017
9753
1 daqiqa o‘qiladi

Donbassda ekologik falokat yuz berishi taxmin qilindi

Donbassda konlarning suv tagida qolgani va suv darajasi ko‘payishi tufayli nurlanish miqdori ham oshadi, shuning uchun kishilarni bu mintaqadan asta-sekin ko‘chirish lozim. Bu haqda Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan hududlar ishi bo‘yicha vazir o‘rinbosari Georgiy Tuka ma'lum qildi.

«Gap Donbassni qutqarib qolish haqida umuman borayotgani yo‘q. Buni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Gap bu mintaqani kishilardan asta-sekin ozod etish haqida bormoqda, sababi u yerda insonlar 10 yil davomida yashay olmaydi», - deya Tukaning so‘zlarini keltiradi «112 Ukraina».

Uning so‘zlariga qaraganda, Lugansk viloyatining Kiyev nazorati ostida bo‘lmagan qismlarida ichimlik suvi zaxirasining 88 foizi foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelgan.

Shuningdek Tukaning ta'kidlashicha, Donbassdagi ekologik muammo Rossiyaga ham aloqador bo‘ladi.

Mavzuga oid