Jamiyat | 15:41 / 30.06.2017
88603
1 daqiqa o‘qiladi

Turk kinoyulduzi Burak O‘zchivit uylandi (foto+video)

"Muhtasham yuz yil" (Muhteşem Yüzyıl), "Qora ishq" (Kara sevda) va "Choliqushi" (ÇalıKuşu) kabi seriallardagi rollari bilan tanilgan turk aktyori Burak O‘zchivit bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Turkiyaning bugungi kundagi eng yorqin kinoyulduzlaridan biri o‘zining hamkasbi Faxriya Evjyenga uylandi. 

Ikki yoshning nikoh to‘yi 29 iyun kuni Istanbuldagi "Said Halim Pasha" saroyida bo‘lib o‘tdi. To‘yga 500 nafarga yaqin kishilar taklif qilindi. 

Burak va Faxriya "Choliqushi" seriali s'yomkalari vaqtida tanishishgan, ular bu serialda bosh rollarni ijro etishgan. 

Ekrandagi muhabbatning hayotga ko‘chishi oson bo‘lmadi. Juftlik 2015 yilda, serial s'yomkalari tugagandan keyingina uchrasha boshladi. 2016 yilning dekabrida sevishganlar unashtiruv haqida e'lon qilishdi.

Mavzuga oid