Iqtisodiyot | 12:17 / 05.07.2017
24227
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning o‘ta boylari soni 3,5 foizga oshdi

Oxirgi 12 oyda boyligi 30 mln dollardan oshgan o‘ta boylar soni 3,5 foizga oshib, jami 226 450 kishiga yetdi. Bu haqda Wealth-X kompaniyasi hisobotida so‘z yuritilgan. 

Siyosiy va bozor noaniqliklariga qaramay, superboylarning ko‘payishi Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi. Dollarning qimmatlashuvi, fond bozorlari ko‘tariilishi va kuchli texnologiya sektorlari bunga sababdir. Keyingi o‘rindagi Osiyo mintaqasidagi o‘sishga barqaror iqtisodiy o‘sish turtki bo‘lgan. Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarida, aksincha, boylar soni kamaygan. Salbiy tendensiya Buyuk Britaniya, Rossiya, Meksika va Braziliyada ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda. 

Umuman, superboylarning jami boyligi 1,5 foizga ortib, 27 trln dollardan oshgan. Ammo, o‘rtacha sarmoya miqdori 2013 yildan beri ilk marotaba kamaygan. 2021 yilga borib boyligi 30 mln dollardan oshadiganlar safida yana 72 550 o‘ta boy odamlar paydo bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Bu esa sayyora aholisining 0,003 foizi demakdir. Ulardan atigi 2397 kishi milliarderlar hisoblanadi. 

Mavzuga oid