Prezident tashrifidan so‘ng Namangan shahri hokimi almashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi doirasida kadrlar masalasi ham ko‘rib chiqilgan.
Kun.uz’ning Namangan viloyatidagi manbasining xabariga ko‘ra, shu kungacha Namangan shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Bahodir Mamatovich Bekxo‘jayev o‘z lavozimidan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan shahri hokimi etib tayinlangan.
Sh.Abdurazzoqov 1976 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. 2015–2017 yillarda Namangan tuman hokimi lavozimida ishlagan. Shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Manbaga ko‘ra, viloyatdagi Mingbuloq va Yangiqo‘rg‘on tumanlari ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari ham o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024