Jamiyat | 10:05 / 08.07.2017
8422
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston-Turkiya Salomatlik haftaligi” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Jumhuriyati Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Turkiya Bosh vaziri devoni huzuridagi Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi – TIKA hamkorligida “O‘zbekiston-Turkiya Salomatlik haftaligi” bo‘lib o‘tdi. U shu yilning 2-7 iyul kunlari tashkil etildi. 

Foto: Baxtiyor Abdukarimov

Haftalik 7 yo‘nalish: anesteziologiya va reanimatologiya, bolalar kardiovaskulyar jarrohligi, urologiya, ginekologiya, ortopediya, umumiy jarrohlik va bolalar jarrohligi bo‘yicha 19 nafar turkiyalik shifokor ishtirokida amalga oshirildi. 

Foto: Baxtiyor Abdukarimov

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinkasi, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy markazi, Chirchiq shahridagi Perinatal markazi, Yangiyo‘l va Olmaliq shaharlaridagi tug‘uruq majmualari, Urganch shahridagi Onkologiya dispanseri va Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazining Urganch bo‘limidagi shifoxonalarda o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikda bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi va 7,5 soat davom etgan og‘ir operatsiyalar ham amalga oshirildi. 

Foto: Baxtiyor Abdukarimov

“Salomatlik haftaligi” doirasida o‘zbekistonlik va turkiyalik shifokorlar o‘zaro tajriba almashdilar va og‘ir jarrohlik amaliyotlarida kamdan-kam qo‘llaniladigan uslub va texnikalar vositasida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlarni amalga oshirishdi. Xususan, laparoskopik uslubda amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotlar videokonferensiya vositasida bir necha o‘nlab o‘zbekistonlik shifokorlarga namoyish etildi. Jumladan, yurak amaliyoti, tsistektomiya, nefrektomiya va bolalarda laparoskopik usulda usulda qilingan amaliyotlar namoyish etildi. 

Foto: Baxtiyor Abdukarimov

5 kun davom etgan mazkur haftalik davomida 159 bemorga maslahatlar berilib, ulardan 80 bemor bepul jarrohlik amaliyoti qilindi. Ularda 151 nafar o‘zbekistonlik shifokorlar ishtirok etishdi. 

Bundan tashqari, shifokorlarga murojaat qilgan 6 nafar bemor bolaning Turkiyada operatsiya qilinishi va davolanishlari bo‘yicha kelishib oldilar. Bu boradagi barcha xarajatlar Turkiya Jumhuriyati tomonidan qoplanadi.   

Foto: Baxtiyor Abdukarimov

TIKA agentligi “Salomatlik haftaligi” tugashi munosabati bilan Toshkentning “Redisson” mehmonxonasida ushbu dasturda qatnashgan shifokorlar uchun qabul marosimi tashkil etdi. Unda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiylari, TIKA’ning Toshkentdagi vakolatxonasi, OAV xodimlari ishtirok etdi. 

Marosimda mehmonlarga dasturxon yozilib, hamkorlar o‘zaro esdalik sovg‘alar bilan almashdilar hamda sog‘liqni saqlash borasidagi hamkorlikni yanada faol davom ettirishga kelishib oldilar.

Foto: Baxtiyor Abdukarimov

Mavzuga oid