Jahon | 13:03 / 10.07.2017
11080
1 daqiqa o‘qiladi

NATO razvedka samolyoti yo‘lovchi layneriga yaqinlashdi

Foto: U.S. Air Force

NATOga a'zo davlatlardan biriga tegishli ekani ma'lum qilingan Boeing RC-135 Rivet Joint josuslik samolyoti A321 yo‘lovchi samolyotiga xavfli masofaga qadar yaqinlashgan. Bort NATO havo kemasi Boltiq dengizi ustida yaqin kelgan paytda Xelsinkidan Myunxenga yo‘l olayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, NATO samolyoti yo‘lovchi layneridan atigi 150 metr yuqorida bo‘lgan. Shu bilan birga, laynerda harbiy havo kemasi bilan xavfli masofaga yaqinlashgani haqida ogohlantirish datchigi ishlab ketgani aytilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, alyans samolyoti radioelektron josuslik va aerofotos'yomka uskunalari bilan jihozlangan, deb xabar bermoqda "Interfaks".

Mavzuga oid