Jahon | 19:49 / 17.07.2017
5898
1 daqiqa o‘qiladi
Misr Qatar bilan viza rejimini joriy etmoqda
Misr hukumati Qatar bilan viza rejimini tiklash haqida qaror qabul qildi. Bu haqda «Anadolu» xabar bermoqda.
Misrning barcha nazorat-o‘tkazish punktlari viza rejimi kiritilishi haqida xabardor etildi. Bu qaror 20 iyul, payshanba kunidan kuchga kiradi va oddiy hamda diplomatik pasport egalariga tegishli bo‘ladi.
Qatarlik sayyohlar uchib kelganlaridan so‘ng, aeroportda uch oylik vizani olishlari mumkin. Viza Misrning tegishli idoralariga murojaat qilingan taqdirda cho‘zdirib berilishi mumkin.
Avval Qatar fuqarolari Misrga vizasiz asosda borishlari mumkin edi.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
23:44 / 09.09.2024