Hindiston 7,76 mlrd dollarlik 6 ta suvosti kemasini yetkazib berish uchun tender e'lon qildi
Hindiston mudofaa vazirligi mamlakat HDK uchun oltita atomli bo‘lmagan submarinani xarid qilish jarayonini boshladi. Ularning umumiy qiymati 7,76 mlrd dollarga teng. Hindiston jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarga bu borada murojaat yo‘llagan.
"Qiymati 7,76 mlrd dollar bo‘lgan oltita suvosti kemasi hind xususiy kemasozlik korxonasida quriladi. Korxona hukumat tomonidan tanlanadi, xorijiy sherik esa oddiy tender asosida aniqlanadi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan mudofaa vazirligidan. Bu strategik sheriklikning tasdiqlangan modeli bo‘yicha ilk loyiha bo‘ladi.
Rasmiy manbalarga ko‘ra, Hindistondan bu borada "Rosoboroneksport" va "Rubin" korxonalari (Rossiya), Mitsubishi Heavy Industries va Kawasaki Heavy Industries (Yaponiya), Naval Group (Fransiya), Navantia (Ispaniya), Saab (Shvetsiya) hamda ThyssenKrupp Marine Systems (Germaniya) murojaat olgan.
Hindistonlik harbiylarning umid qilishicha, yangi suvosti kemalari “zamonaviy va juda katta tahdid uyg‘ota oluvchi” bo‘ladi. Ularni havoga ta'sirchanligi bo‘lmagan energetika qurilmalari bilan jihozlash ko‘zda tutilmoqda. Bu ularning suzish masofasi, shovqin chiqarishini yaxshilaydi va uni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi.
Mavzuga oid
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
01:33 / 14.09.2024