Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning yetakchi kompaniyalaridan biri – KLJ Group boshqaruvchi direktori Hemant Jain bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Hemant Jain O‘zbekistondagi tarixiy o‘zgarishlar jarayonidan yaxshi xabardorligini bildirib, elektr avtomobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish, issiqlik elektr stansiyalari barpo etish va boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda birgalikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yish rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tomonlar, shuningdek, o‘zaro munosabatlarning boshqa istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashdi.
KLJ Group guruhi kimyo va neft-kimyo mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, iste’mol yog‘i va boshqa yuqori qiymatli tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya Hindistondan tashqari Qatar va Tailandda sanoat korxonalari faoliyatini tashkil qilgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024