Ayrim fuqarolarga yashash joylarini xususiylashtirib, Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2017 yil 22 iyunda 413-son «O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida»gi qarorini qabul qildi. Bu haqda Norma.uz xabar qilmoqda.
Unga ko‘ra, «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi Qonun kuchga kirgun (15 sentabr 2011 yil)gacha berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turarjoy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda o‘sha joyda hisobda turgan shaxslarga mazkur turar joylarni xususiylashtirish huquqi berildi.
Xususiylashtirish imkoniyati 2018 yil 1 iyulgacha taqdim etiladi. Mazkur sanaga qadar ushbu kvartiralarni xususiylashtirishga doir bitimlarni notarial tasdiqlashga hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat etildi.
Natijada Ro‘yxatning 1-bandiga muvofiq xususiylashtirilgan kvartiralar mulkdorlari bunday yo‘l bilan tegishincha Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida bunday turar joy maydonida doimiy propiskadan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:02 / 18.11.2024
Angliyaga pul evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:10 / 18.11.2024
Toshkentda Askiya bozori joylashgan yer investorga beriladi
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024