MAKning “Boing 787 Drimlayner” samolyoti Toshkentdan Nyu-Yorkka parvoz qildi
Joriy yilning 27 iyul kuni soat 8:40da “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Boing 787 Drimlayner samolyoti Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidan Nyu-Yorkka parvoz qildi. Bu qo‘nishlarsiz amalga oshiriluvchi ilk reys mamlakat fuqarolik aviatsiyasi hayotidagi tarixiy voqea hamda milliy aviatashuvchining rivojidagi yangi davr hisoblanadi.
Nyu-Yorkka to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys 13 soat davom etadi. Uni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Parvozlar kompleksi direktori o‘rinbosari Sergey Kim, aviakompaniya bosh shturmani Stanislav Gurfinkel, Boeing 787 parvoz otryadi qo‘mondoni Asadjon Tursunov, ikkinchi uchuvchilar Rustam Qo‘rg‘onov va Olimjon Uzoqov tarkibidagi ekipaji amalga oshirmoqda.
Milliy aviatashuvchining bortida 237 yo‘lovchi bo‘lgan samolyoti Jon Kennedi nomidagi xalqaro aeroportda mahalliy vaqt bilan soat 21:30da qo‘nadi.
Nyu-Yorkdan Toshkentga “orzular layneri” ekipaji havo kemasi qo‘mondoni Pavel Morgachev, Boeing 787 parvoz otryadi uchuvchi-instruktori Aleksey Markin hamda ikkinchi uchuvchi Ulug‘bek Eshmuhamedovlardan iborat bo‘ladi.
Poytaxt aeroportida ushbu voqea munosabati bilan Toshkent-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi qo‘nishlarsiz parvozni amalga oshirgan Drimlaynerni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024