Fan-texnika | 11:10 / 07.08.2017
19790
2 daqiqa o‘qiladi

Ravon R2 va Nexia Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobillar ro‘yxatiga kirdi

«Deyli-Motor» avtomobil nashri ekspertlari 2017 yilning avgust oyi holati bo‘yicha Rossiya bozoridagi eng arzon chet el avtomarkalari nomini ma'lum qildi.

Reytingda birinchi o‘rinni Yaponiyaning Datsun on-Do brendi sedani egalladi, u 436 ming rublga tushadi hamda 1,6 litrli, 87,2 ot kuchiga ega benzinli dvigatel bilan jihozlangan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda «GM O‘zbekiston» korxonasida Ravon brendi ostida ishlab chiqarilgan R2 va Nexia mashinalari qayd etildi. Birinchi avtomobil 85 ot kuchi, 1,2 litrli motorga ega bo‘lib, uning narxi - 439 ming rublni tashkil qiladi. 106 ot kuchiga teng 1,5 litrli Nexia’ning narxi esa maxsus taklif bo‘yicha 449 ming rubldan boshlanadi.

Ro‘yxatning to‘rtinchi o‘rnidan Xitoyning Brilliance H230 avtomobili joy olgan bo‘lsa, (459,9 ming rubl), beshinchi pog‘onani Xitoyning yana bir mashinasi - FAW Oley sedani (491 ming rubl) egalladi.

Mavzuga oid