Alisher Usmonov Navalniy ustidan g‘alaba qozondi
11 avgust kuni Moskva shahar sudi muxolifat Aleksey Navalniy va uning Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi fondining appelyatsiyasini inkor etdi. Bu haqida sud zalidan RBK nashri xabar berdi.
USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov Navalniy va uning fondini yolg‘on ma'lumot tarqatib tuhmat qilishda ayblagandi. Usmonov o‘z da'vosida bosh vazir Dmitriy Medvedevga Rublyovkadagi yer uchastkasini pora sifatida berganini rad etgan. Ishbilarmonning qolgan e'tirozlari Navalniyning bayonotlarga tegishli bo‘lgan: Usmonovning bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovga pora bergani; o‘ziga qarashli «Kommersant'» gazetasining tahririy siyosatiga aralashgani; zo‘ravonlikda ayblanib qamoqda o‘tirib chiqqani rad etgan. Milliarder bularni inkor etib, uning moliyaviy holati poydevori noqonuniy privatizatsiya va sovet tog‘-kon kombinatlariga egalik qilish asosiga qurilganini ma'lum qilgan.
May oyida Moskva Lyublinsk sudi Navalniyga Usmonov haqidagi bayonotlardan voz kechishni, tarmoqdan "U sizga Dimon emas" tergov-filmini olib tashlashni, shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi va uning shaxsiy saytidagi bir necha postni o‘chirish majburiyatini yuklagan edi.
Usmonov va Navalniy juma kungi sud majlisiga kelishmagan. Ishbilarmonning manfaatlarini - advokat Genrix Padva, muxolifatning manfaatlarini esa Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining yuristlari himoya qilishgan. Tomonlar filmning aynan Usmonovga tegishli fragmentlarini o‘chirishga kelishishgan.
Shuningdek Navalniyning huquq himoyachilari uning bayonotlarida yangragan boshqa ayblovlar ham taxmin ekanini aytishgan va bu borada milliarderning da'vosi qondirilishi to‘g‘ri bo‘lmasligini bildirishgan. Sud majlisi yakunida Fond yuristlari Alisher Usmonovni asosiy da'vogar - Dmitriy Medvedevning "aybini yopayotgan" uchinchi shaxs deb atashgan.
Mavzuga oid
20:26 / 27.09.2024
Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi
19:41 / 27.09.2024
Sergelida avtopoyga uyushtirib, piyoda o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 4 oyda ozodlikka chiqdi
23:14 / 23.09.2024
YouTubeʼning eng mashhur yulduzi MrBeast’ga sud tahdid solmoqda
17:40 / 23.09.2024