O‘zbekiston | 22:03 / 12.08.2017
85392
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq shahri to‘rtligi ishdan ketdi

Foto: kun.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar borishi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahriga borgani xabar qilingan edi. Prezident shaharda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Shahar faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘zga chiqqan davlat rahbari shahardagi holatdan umuman qoniqmaganini aytar ekan, qator kamchiliklarni qayd etdi. Mirziyoyevning ta'kidlashicha, Olmaliq shahri namunasida shahar va tumanlarning rahbar to‘rtliklari (hokim, prokuror, ichki ishlar, soliq idorasi rahbarlari) o‘z hududlarini to‘rt qismga bo‘lgan holda aholi bilan birga istiqomat qilishini, aholida elektr energiyasi bo‘lmasa, ular ham shu sharoitda yashashini, yo‘l bo‘lmasa, yo‘lsiz joyda yashashini, fuqarolar qanday sharoitlarda istiqomat qilsa, shundan xabardor bo‘lishlari bo‘yicha choralar ko‘rilishini ta'kidladi. 

Shu bilan birga, Olmaliq shahrida o‘z vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari uchun shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar idorasi rahbari va soliq boshqarmasi boshlig‘i ishdan olingan. 

Mavzuga oid