Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Makgregor bilan sparringdan bosh tortdi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Stiv Forbs UFC’ning yengil vazndagi chempioni Konor Makgregor bilan sparring janglar o‘tkazishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda RT.
«Meni u bilan sparring o‘tkazishga chaqirishdi va men bundan bosh tortdim. Biz hattoki mablag‘lar haqidagi bandga ham yetib bormadik. Hammasiga ularning Poliga qilgan muomalasi sababchi.
Plyus, men anchadan beri shunday sparringlar va mashg‘ulotlarni o‘tkazmadim. Ular meni atayin tanlashgan, sababi men yaxshi jismoniy holatda emasman. Hech qachon! Menga aytishdi: «Sen eplaysan», biroq men anchadan beri sparringga chiqmaganman», - deya Forbsning so‘zlarini keltiradi Bloody Elbow.
Avvalroq Xalqaro boks federatsiyasi va Butunjahon boks assotsiatsiyasi talqini bo‘yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Pol Malinyaji Makgregorning mashg‘ulot lagerini tark etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
14:14 / 26.10.2019
Moskvada Konor Makgregorga butilka uloqtirildi. Dog‘istonlik bloger buning sababini aytdi
21:40 / 10.09.2019