Jamiyat | 15:45 / 18.08.2017
50007
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'lim vaziri: Bor dalaga, desa, dalaga chopqillab chiqib ketavermaydi-ku?!

Kun.uz nashri O‘zbekiston Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Vazir tahririyat jurnalisti bilan suhbatda xalq ta'limi tizimi xodimlarining mehnatga jalb etilishida hokimliklarning o‘rni haqidagi savolga ham javob qaytarib o‘tdi.

“Har bir inson o‘zining huquqi, majburiyati, burchini tushunishi kerak. O‘zining haq-huquqlarini tushunishi lozim. Biz qaysi zamonda yashayapmiz? Bor dalaga, desa, dalaga chopqillab chiqib ketavermaydi-ku. U oliy ma'lumotli, ziyoli o‘qituvchi-ku. O‘zining haqini talab qila oladi. Rahbarlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularni tayinlash bu faqat yakka hokimlikning vazifasi emas. Tuman rahbari bu vazir vakolatida. Tuman Xalq ta'limi bo‘limi rahbari mening buyrug‘im bilan tayinlanadi, albatta, hokimlikning tavsiyasi bilan. Kamida uch nomzod beriladi. Men ular bilan suhbatlashaman. Ular vazirlikning buyrug‘i bilan ishga qo‘yiladi. Hokimlik ularni ishdan bo‘shata olmaydi ham, tayinlab qo‘yisha olmaydi ham. Maktab rahbarlarini tayinlash – bu tuman hokimlarining lavozimiga kirmaydi”, - deydi Inoyatov.   

Ma'lumot uchun, Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan ochiq muloqotning to‘liq shakli tez orada saytda taqdim etiladi.

Mavzuga oid