O‘zbekiston | 13:30 / 21.08.2017
62943
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand shahri hokimi o‘zgardi: Rahimov o‘rniga boshqa Rahimov

Bugun Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. 

Shu kungacha Samarqand shahri hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Vohid Sanaqulovich Rahimov Samarqand shahri hokimi lavozimidan ozod qilingan.

Bulung‘ur tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Furqat Jalolovich Rahimov Samarqand shahri hokimi lavozimiga tayinlandi.

KUN.UZ aniqlagan ma'lumotlarga ko‘ra, endilikda Samarqand shahrining sobiq hokimi V.S.Rahimov Paxtachi tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vohid Rahimov shu yil fevralida shahar hokimi etib tayinlangan, u bu lavozimda Akbar Shukurovni almashtirgandi.

O‘z muxbirimiz

Mavzuga oid