Qatar ziyoratchilarning Saudiyaga parvozlarini bloklamoqda
Saudiya Arabistonining katta muftiysi Shayx Abdul Aziz Ash-Ashayx qatarlik ziyoratchilar uchun yo‘naltirilgan samolyotlarning qo‘nishiga ruxsat bermagan Dohani tanqid ostiga oldi. Ash-Shayx Dohaning bu ishini noto‘g‘ri va xavfli deb atadi, deya xabar beradi "Ash-Sharq Al-Ausat" gazetasi.
Gap shundaki, Saudia aviakompaniyasi qatarlik ziyoratchilarni Dohadan Jiddaga olib kelishi kerak bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Qatar hukumati aviakompaniya samolyotlarining qo‘nishiga ruxsat bermagan. Holbuki, buning uchun kerakli bo‘lgan rasmiy hujjatlar bir necha kun avval yo‘llangan.
Qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzib qo‘yganidan keyin Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr aviakompaniyalari mamlakatning havo kengligidan foydalanishni to‘xtatishgan. Shuningdek Qatar Airways ham ularning havo kengligidan foydalanishi taqiqlangan.
O‘tgan hafta valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va Qatar shayxi Abdulla bin Ali At-Taniy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Qirollik qatarlik ziyoratchilarni Jiddaga keltirish uchun yetti samolyot yo‘llash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan edi.
Mavzuga oid
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
08:20 / 11.09.2024
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
12:16 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qatarga tashrif buyurdi
09:10 / 18.07.2024