Toshkentga transport vositalari kirishi cheklanishi mumkin
Toshkentga transport vositalarining kirishi Mustaqillik kuni arafasida va u nishonlanadigan kunlarda cheklanishi mumkin. Bu haqda IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhamedov O‘zA’ga bergan intervyusida xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari xavfsizlikni ta'minlash maqsadida transport vositalarini jiddiy tekshirib bormoqda.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda “Tozalash-antiterror” amaliyoti o‘tkazilmoqda. Bu amaliyot doirasida jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan 454 shaxs ushlandi. Tekshiruvlar davomida 126 kg.dan ortiq giyohvand moddalar, taxminan 10 ta qurol va 4 ta patron aniqlanib olingan.
Pasport-viza rejimini buzgan taxminan 3 ming kishi javobgarlikka tortildi. O‘zbekiston hududida bo‘lish shartlarini buzgan 13 nafar xorijlik fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024