Jahon | 10:18 / 01.09.2017
6321
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik shaxs kenguruni o‘ldirgani uchun qamalishi mumkin

Foto: BBC

Avstraliyaning Melburn shahrida videokamera oldida kenguruni o‘ldirgan erkak hibsga olindi, deb xabar bermoqda BBC.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Viktoriya shtatida yashovchi 43 yoshli shaxsga muhofaza etiluvchi tabiatga ziyon keltirish bo‘yicha ayblov e'lon qilindi. Bundan tashqari, politsiyaning xabar berishicha, qo‘lga olingan shaxsdan pichoqlar va o‘qotar qurol olib qo‘yildi.

Shu bilan birga, ma'muriyat ayblanuvchining jinoyatini «juda dahshatli» deb tan olgan, sababi hayvonning o‘ldirilishi videokameraga olingan hamda internet foydalanuvchilari orasida tarqab ketgan.

«Biz hayvonlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lishning barcha holatlariga juda jiddiy e'tibor beramiz», - deya ma'lum qildi shtat atrof-muhit Departamenti vakili Glenn Sharp.

Erkakning aybi tan olinadigan bo‘lsa, u ikki yillik qamoq jazosiga hukm etilishi va 30 ming dollar miqdoridagi jarimaga tortilishi mumkin.

Mavzuga oid