Jahon | 16:40 / 29.03.2019
18589
1 daqiqa o‘qiladi

Melburndagi ko‘l pushti rangga kirdi

Foto: Tracey J / @SatanicBambi / Twitter.com

Melburndagi Avstraliya bog‘ida joylashgan ko‘l tabiiy ravishda pushti rangga kirdi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Ta'kidlanishicha, Vestgeyt sho‘r ko‘lining yorqin pushti rangi katta miqdordagi quyosh nuri, kam yog‘ingarchilik va issiqlik bilan bog‘liq.

Foto: EPA 

«Bunday sharoitda ko‘ldagi suv o‘tlari beta-karotin deb nomlangan qizil rangli pigmentni ishlab chiqaradi», - deyiladi materialda.

Foto: EPA 

Aniqlik kiritilishicha, ko‘lning noyob rangini suratga olish maqsadida bo‘lgan sayyohlarning soni keskin oshib ketgan. Tashrif buyuruvchilar so‘ziga ko‘ra, ko‘ldan palag‘da tuxum hidi kelyapti.

Foto: Getty Images
Foto: AFP/Getty Images
Foto: AFP/Getty Images
Foto: Getty Images

 

Mavzuga oid