OAV: IShIDning 1300 ga yaqin xorijlik jangarisi Iroq armiyasiga taslim bo‘ldi
IShID terrorchilik guruh tarkibida jang qilgan 1,3 mingga yaqin xorijlik jangari Tall-Afar uchun janglar so‘nggida Iroq armiyasiga taslim bo‘ldi. Bu haqda Shafaq News yangiliklar portali mamlakat xavfsizlik kuchlaridagi manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Asir olinganlarning barchasi Mo‘sul shahridan janubdagi Hammom al Alil harbiy lagerida saqlanmoqda. Xabarlarga ko‘ra, "taslim bo‘lganlarning aksariyati – afg‘onlar, chechenlar, RF va Fransiya, shuningdek, Buyuk Britaniya fuqarolaridir". Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, musulmonlarning yirik bayrami Iyd al Adha tugagach, boshqa joyga o‘tkazishadi.
Iroq armiyasi 26 avgust kuni Tall-Afarda to‘liq nazorat o‘rnatgan edi. Yana bir necha kun mobaynida Al Adiya shahri ozod etildi. Shu bilan, aytish mumkinki, Naynavo viloyati radikallardan xalos etildi.
Jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlar qo‘mondonlaridan biri general Abdul Amir Rashid Yaralla Tall-Afardagi harbiy kampaniya chog‘ida 2 mingdan ortiq jangari yo‘q qilingani haqida bayonot bergan edi. O‘shanda, Shafaq News portalining yodga olishicha, dushman bilan biror kelishuvga erishilgani rad etilgandi.
"Ularning hech biri bizlarning bo‘linmamizga taslim bo‘lmadi va hech qanday kelishuvga ham erishilgani yo‘q, - degan edi Iroq armiyasi generali. – Iroq harbiy qismlari so‘zlashuvida terrorchilar bilan kelishuv degan ibora qo‘llanilmaydi".
Mavzuga oid
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024
Iroq: G‘azo va Livandagi urush boshqa mintaqalarda yangi mojarolarga olib kelishi mumkin
12:00 / 21.10.2024