13 yoshli qiz vafotidan keyin 8 kishining hayotini saqlab qoldi
Britaniyada bir qizning donorlik a'zolari tufayli 8 kishining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi. The Guardian nashrining yozishicha, donor bosh miya anevrizmidan vafot etgan 13 yoshli britaniyalik Jyemima Leyzel bo‘lgan.
Qizchaning ota-onasi uning vafotidan keyin organlarini boshqa muhtoj kishilarga berishga qaror qilishgan. Qizning tana a'zolari ko‘chirib o‘tkazilgan 8 kishidan 5 nafari bolalardir. 3 kishi Jyemimaning yuragini, ingichka ichagi va oshqozonosti bezini, 2 kishi uning buyraklarini, yana bir kishi o‘pkasini olgan. Qizning jigari esa ikki kishi orasida taqsimlangan.
Jyemimaning ota-onasi bunday qarorga kelish qiyin bo‘lganini, biroq ular shunchalik ko‘p miqdordagi odamlarning hayotini saqlab qolishgani uchun xursand ekanliklarini aytishgan.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024