Sport | 16:00 / 11.09.2017
15488
2 daqiqa o‘qiladi

APLda dastlabki iste'fo ro‘y berdi

Angliyaning «Kristal Pelas» jamoasi bosh murabbiyi Frank de Bur iste'foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, jamoa rahbariyati o‘tgan tur oldidan De Burga so‘nggi imkoniyat taqdim etgandi. Jamoa qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda ham mag‘lub bo‘lgach, niderlandiyalik mutaxassis iste'foga chiqarildi.

The Daily Mail nashri tarqatgan xabarda yozilishicha, Angliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Roy Hojson uning o‘rniga tayinlangan. Hojson «Pelas» bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.

Ma'lumot uchun, «Kristal Pelas» Angliya chempionatining joriy mavsumini 4ta mag‘lubiyat  bilan boshladi. Jamoa bu o‘yinlarda birorta ham gol ura olmagan va bu borada ham o‘ziga xos antirekord o‘rnatdi.

Qayd etish kerakki, Frank de Bur yozda jamoaga bosh murabbiy bo‘lgandi. U bu lavozimda 85 kun ishladi.

Mavzuga oid