Jahon | 13:58 / 13.09.2017
14156
2 daqiqa o‘qiladi

Ryabkov: Eron raketa dasturini Shimoliy Koreyaniki bilan taqqoslab bo‘lmaydi

Foto: Reuters

Eron ballistik dasturi so‘nggi vaqtlarda KXDR namoyish etayotgan natijalarni ko‘rsatayotgani yo‘q. RF TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov RIA Novostiga shunday bayonot berdi. U GFR kansleri Angela Merkelning Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar tajribasini KXDR atrofidagi vaziyatni muhokama qilishga "o‘tkazish" bo‘yicha taklifi istiqbolini shu kabi fikr bilan izohladi.
 
GFR kansler Angela Merkel KXDR atrofidagi vaziyatni hal etish uchun "olti" vositachilar guruhi va Tehron o‘rtasidagi muloqot shaklini qo‘llash mumkin edi, degan g‘oyani ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya KXDR bo‘yicha bu kabi muzokaralarda ishtirok etishga tayyor. 

Ryabkovning qayd etishicha, Tehron bilan kelishuvga erishilgan vaqtda Eronda "hech qanday yadro quroli dasturi borligiga doir alomatlar bo‘lmagan".

"Eron raketa dasturi, G‘arbdagi hamkasblar nima demasin, fazoviy sohaga kelganda sezilarli ravishda boshi berk ko‘chada. Eronda raketa-ballistik dasturi va bu texnikaning rivojlanishi, so‘nggi vaqtlarda KXDR namoyish etayotgan natijalarni ko‘rsatmagan va ko‘rsatmaydi ham", — degan vazir o‘rinbosari.

Mavzuga oid