O‘zbekiston | 16:18 / 16.09.2017
37888
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 10 dan ziyod hujjat imzolandi 

Foto: O‘zA

Ko‘ksaroydagi muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston – Qozog‘iston hamkorligining turli sohalariga doir 10 dan ziyod hujjat imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Qo‘shma bayonotni imzoladilar. 

Davlat chegaralari o‘tkazish punktlari va avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash hamda tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasi, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida suvga oid munosabatlar sohasida hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi, O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qozog‘iston Respublikasi hukumati o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikning ba'zi masalalari to‘g‘risida bitim, Harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati bilan "Qazaqstan temir joli" Milliy kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risida bitimga imzo chekildi. 

Mamlakatlar hududlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalariga asos bo‘ladigan hujjatlar ham qabul qilindi. Sirdaryo viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan Qizilo‘rda viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi. 

Shuningdek, tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Qozog‘iston Respublikasi Aktobe viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandum, Jizzax viloyati hokimligi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik to‘g‘risida memorandum, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan “Kazinform” xalqaro axborot agentligi o‘rtasida memorandum imzolangan. 

Mavzuga oid