O‘zbekiston | 20:50 / 17.09.2017
34829
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 17 sentabr kuni Turkmanistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Yesinmirat Orazgeldiyev kutib oldi.

Shu yerda Shavkat Mirziyoyev bilan Gurbanguli Berdimuhamedovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda so‘nggi paytlarda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. Bunda ikki davlat rahbarlari o‘rtasida qaror topgan yaqin do‘stlik, ishonch va samimiyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston rahbari Ashxobodda Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlariga ko‘rilgan tayyorgarlik ishlariga yuksak baho berdi.

Turkmaniston rahbari Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilarga omad tiladi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

O‘zbekiston yetakchisi 17 sentabr kuni Ashxobod shahrida o‘tayotgan Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida Prezident qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Mavzuga oid